UEFA Superkubogi. "Real" va "Atalanta"ning taxminiy tarkibi bilan tanishing

Tolibjon Qosimov
14 avg 2024, 11:58
Xabaringiz bor, bugun tunda UEFA Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tadi.

Unda YCHL g'olibi "Real" va EL sohibi "Atalanta" o'zaro kurash olib boradi. UEFA rasmiy sayti har ikkala jamoaning o'yin uchun taxminiy tarkiblarini taqdim etdi. Ma'lumot uchun kechagi rasmiy mashg'ulotda "Real"ning fransiyalik yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Tchuameni bilan to'qnashuvdan keyin jarohat oldi va bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

UEFA Superkubogi uchun taxminiy tarkiblar:

UEFA Superkubogi

14.08.2024, 00:00

"Milliy stadion", Varshava

Bosh hakam: Sandro Sherer (Shveytsariya)

"Real": Tibo Kurtua; Dani Karvaxal, Eder Militao, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi; Orelen Tchuameni, Federiko Valverde, Luka Modrich; Jud Bellingem; Kilian Mbappe, Vinisius Junior.

"Atalanta": Xuan Musso; Berat Jimshiti, Isak Xin, Sead Kolashinac; Davide Zappakosta, Ederson, Marten de Ron, Matteo Rudjeri; Sharl de Ketelare, Mateo Retegi, Ademola Lukman.


Foto  "Real" futbolchilari UEFA Superkubogi o'tkaziladigan Varshavaga hashamatli ko'rinishda kelishdi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com