UEFA Ronalduning ishini 27 sentyabrda ko'rib chiqadi

Tolibjon Qosimov
20 sen 2018, 18:16
Kecha bo'lib o'tgan YCHL 1-turi doirasidagi bahsda "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu qizil kartochka olganidan xabaringiz bor.

UEFA Ronalduning tartib-intizom ishini 27 sentyabr kuni ko'rib chiqadi.

"Krishtianu Ronalduning qizil kartochka bilan bog'liq tartib-intizom ishini UEFA keyingi payshanba kuni ko'rib chiqadi", - deb yozdi "Assoshieyted Press" agentligi jurnalisti Rob Xarris.

Ronaldu 2 oktyabr kuni "Yang Boyz"ga qarshi o'tadigan 2-tur o'yinini o'tkazib yuborishi aniq. Lekin, UEFA ishni ko'rib chiqqanidan so'ng diskvalifikaciya muddati uzaytirilishi mumkin.


"Keksa sinoralar" 3-turda "Old Trafford"da MYU mehmoni bo'lishadi. Vaziyat italiyaliklar uchun salbiy yakun topadigan bo'lsa, Krishtianu o'zining jonajon stadionida jonajon klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/RobHarris