UEFA "Real"ga CHL o'yinlarini "Di Stefano"da o'tkazishga ruxsat berdi

Alisher
7 okt 2020, 12:11
UEFA Madridning "Real" klubining uy uchrashuvlarini zaxira stadioni - Alfredo Di Stefano nomidagi staionda o'tkazishga ruxsat berdi.

"Qirollik klubi" La Liganing 2019/20 yilgi mavsum restartidan beri o'zlarining o'yinlarini Madrid chekkarog'ida joylashgan yoshlar jamoasining stadionida o'tkazib kelishmoqda.

Liga rahbariyati yangi mavsumda 6000 o'rindiqli stadionda o'yinlarni o'tkazishga ruxsat berdi, klub endi UEFAdan ham yashil chiroq oldi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar Ligasida o'z uyida "Shaxtyor (21 oktyabr), "Inter" (3 noyabr) va Myonxengladbaxning "Borussiya" (9 dekabr) jamoalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo