

Cheferin "Real Madrid", "Barselona" va "Yuventus" ham Superligada, ham UEFA musobaqalarida o'ynashni xohlayotganini, ammo bu sodir bo'lmasligini, shu bois ular bir qarorga kelishi lozimligini aytdi. UEFA rahbari Superligani vahimali liga deyish vaqti kelganini ta'kidladi. Aleksandr yangi ligadan farqli o'laroq, UEFA musobaqalarida sog'lom raqobat borligini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, "Real", "Barselona" va Turinning "Yuventus" klublari hali ham Superliga loyihasining rasman ishtirokchisi hisoblanadi.



