UEFA golni rasman Boateng nomiga yozdi

CHEmpionlar ligasi doirasidagi "Bavariya" - "Manchester Siti" uchrashuvida kiritilgan yagona gol Jerom Boateng hisobiga yozildi.

"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng o'yinning 90-daqiqasida jarima maydonchasi oldidan darvozaga yo'llagandi. To'p esa yo'l-yo'lakay Mario Gyotce tegib darvozadan joy oldi. UEFA bu golni Boateng nomiga yozilganini e'lon qildi deb yoziladi "Bavariya" klubining tvittyerdagi sahifasida.


Manba: championat.asia