

1-juftlik. "Borussiya" M - "Manchester Siti"
2-juftlik. "Lacio" - "Bavariya"
3-juftlik. "Atletiko" - "Chelsi"
4-juftlik. "Leyptsig" - "Liverpul"
5-juftlik. "Portu" - "Yuventus"
6-juftlik. "Barselona" - PSJ
7-juftlik. "Sevilya" - "Borussiya" D
8-juftlik. "Atalanta" - "Real"
16:13. BOSHLADIK! Sahifani yangilab turing!
16:08. Stefan Shapyuza sahnaga taklif etildi. Ushbu shveytsariyalik futbolchi "Borussiya" D bilan Chempionlar ligasi g'olibiga (1997) aylangan.
16:05. Sahnaga UEFA bosh kotibi Jorjio Marketti chiqdi va u qur'a jarayoni va qoidalari bilan tanishtirib o'tmoqda.
- Keyingi bosqichda qanday juftliklar bo'ladi? Taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring!
16:00. Marosim boshlandi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan jamoalar tanishtirib o'tilmoqda.
Qur'a qoidalari:
- Bir guruhda o'ynagan jamoalar o'zaro to'qnash kelmaydi
- Bir mamlakat vakillari to'qnash kelmaydi

- Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Sizlar bilan birgalikda Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimini kuzatib boramiz.



