Oxirgi yillarda Neftchi sharafini himoya qilib kelayotgan Muhsin Ubaydullaev yaqinda jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.
Farg'onalik futbolchi endilikda Mashal libosida xarakat qiladigan bo'ldi. Gazchilar himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida Ubaydullaevni taklif etgan. Muhsin kuni-kecha Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi jamoa yig'iniga borib qo'shilgan.