U23 Osiyo chempionati. Suriya - Eron 0:2

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016
Osiyo chempionatining dastlabki uchrashuvida Eron g'alabaga erishdi.
Eron olimpiyachilari Suriya bilan bahsning ikkinchi bo'limida urilgan ikkita gol evaziga 3 ochkoga ega bo'lishdi. Ushbu guruhdan o'rin olgan Qatar - Xitoy o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Suriya - Eron 0:2

12 yanvar 2016. Doxa. 18:30
Gollar: Amir Mottaxari 64, Milad Muhammadi 72
Hakamlar: Kristofer Jeyms Bit (Avstraliya), Abu Bakar Salim Al Amri (Ummon), Jahongir Saidov (O'zbekiston), Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon)
Suriya: Nassan, Al Ajjan, Al Jvayed (Mahmud Al Ahmad, 78), Al Midani, Jeniyat, Xarbin, Nakdali (Al Bahir, 71), Al Mavas, Al Mbayed, Al Xouli, Mido (Al Shami, 83).
Eron: Akxbari, Daneshgar, Xaydariex, Cheshmi, Karimi, Ismoili (Kamandani, 56), Mottaxari, Milad Muhammadi (Mehrdod Muhammadi, 90), Abdullazoda, Nagxizad, Torabi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia