U-23 Osiyo Kubogi. Mirsaidov jarohat bilan o'ynadi

16 iyun 2022, 02:58
23 yoshga bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilayotgan qita kubogining 2-yarim finali ham ortda qoldi.

Unda O'zbekiston olimpiyachilari  Yaponiyani mag'lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin jamoamiz himoyachisi Saidazamat Mirsaidovning fikrlariga quloq tutdik.

- Ajoyib g'alaba bo'ldi. Barchaga tashakkur.

- O'tgan o'yinda jarohat bilan o'ynagandingiz. Hozir to'liq yaxshimisiz?

- Ha, biroz jarohatim bor edi. Hozir tuzaldim. Lekin jismoniy jihatdan to'liq tiklanishga ulgurganim yo'q. Shu tufayli asosan aql bilan o'ynashga harakat qildim. Shukr, qo'pol xatoga yo'l qo'ymadik.

- Bo'lajak final haqida...

-  Hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni bilan to'qnashamiz. Dubayda ularga imkoniyatni boy bergan edik. Lekin finalda barchasi boshqacha bo'ladi. Buning uchun borimizni beramiz.

- Stadion atrofida 20 mingga yaqin muxlis yig'ildi. Bu yoqimli holatmi?

- Albatta. Mehmonxonadan chiqishimiz bilan yuzlab muxlislar bizga hamrohlik qilishdi. Ularning har doim yonimizdaligini his qilish bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia