U-23 Osiyo chempionatiga 12 sentyabr kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2015, 11:30
Keyingi yilning yanvar oyida Qatarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu qita birinchiligiga shu yilning 12 sentyabr kuni qur'a tashlanadi. Osiyo chempionatida 16ta jamoa qatnashadi. Ulardan 3tasi 2016 yil Rio de Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Osiyo chempionatida Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qatnashadi.

Qatardagi qita birinchiligida ishtirok etuvchi jamoalar ro'yxati: Qatar, Avstraliya, Janubiy Koreya, Suriya, KXDR, Xitoy, Tailand, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Yaman, Vetnam, Iroq, Iordaniya, O'zbekiston.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia