U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
21 noya 2019, 11:34
2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Eron Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Safarda bo'lib o'tgan o'yinda eronliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yinning oxiriga qadar 1:1 hisobi saqlanib turdi, biroq bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida Indoneziya olimpiya terma jamoasi g'alabani to'pini kiritdi. 

Eron U-23 jamoasi safida Reza Shekari gol muallifi bo'ldi. Hamid Estili shogirdlari U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishadi. Tailanddagi musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com