U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda!

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020, 17:29
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - Iordaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Birinchi taymda koreyaliklar Cho Gue Sung tomonidan urilgan gol orqali hisobni ochishdi. 76-daqiqada Yazan Al Naimat hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobid tugab borayotgan bir paytda 90+5-daqiqada Li Dong Kyong gol urib Janubiy Koreyani yarim finalga olib chiqdi - 2:1. 

Janubiy Koreya yarim finalda Avstraliya bilan o'ynaydi. Ikkinchi yarim finalda Saudiya Arabistonining raqibi BAA - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.


U-23 Osiyo chempionati. Chorak final. 19.01.2020
Janubiy Koreya - Iordaniya 2:1
Gollar:
Cho Gue Sung 16, Li Dong Kyong 90+5 - Yazan Al Naimat 76.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia