

Musobaqaning finalida Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari to'qnash kelishadi. Bugun ushbu musobaqa tarixidagi to'rtinchi chempion ma'lum bo'ladi. Yani ikkala jamoa ham hozirga qadar ushbu turnirda chempion bo'la olmagan. Saudiya Arabistoni 2013 yilda, Janubiy Koreya 2016 yilda finalga chiqib mag'lub bo'lgan.
Qizig'i bu yilgi musobaqada finalga chiqqan ikkala jamoa ham O'zbekistonni mag'lub etishga erishdi.



