U-23 Osiyo chempionati. Barcha 16ta jamoa bilan tanishing

Xayrulla Xoliqov
27 mar 2019, 08:12
Kelasi yil Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Kecha tunda o'tkazilgan o'yinlardan so'ng musobaqaga yo'l olgan barcha 15 jamoa ma'lum bo'ldi. Yaxshi bilasiz, kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston bilan 0:0 o'ynab guruhdagi peshqadamlikni saqlab qoldi va U-23 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Quyida kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan musobaqa ishtirokchilari bilan tanishtirib o'tamiz. 

Tailand (mezbon), saralash guruhida birinchi o'rinni egallagan jamoalar: KXDR, Iroq, Iordaniya, O'zbekiston, J.Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Qatar, Bahrayn, BAA; eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta ikkinchi jamoa: Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni va Suriya. 

Eslatib o'tamiz, navbatdagi musobaqada Tokio-2020 Olimpiada o'yinlari yo'llanmasi uchun kurash kechadi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia