U-21 Yevropa chempionati. Ispaniya Polshani ayab o'tirmadi, Belgiya esa so'nggi turda ham mag'lub bo'ldi

Eldor Akmurzayev
23 iyun 2019, 02:07
Italiyada 21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati guruh bosqich so'nggi tur bahslariga start berildi.

A guruhidan o'rin olgan Belgiya – Italiya uchrashuvida mezbonlarning qo'li baland (1:3) kelgan bo'lsa, parallel o'yinda ispaniyaliklar Polbshani yirik hisobda (5:0) taslim etdi.  Shu tariqa, mazkur guruhdan chorak finalga Ispaniya hamda Italiya yo'l oldi.


Ispaniya U-21 – Polsha U-21 5:0 (3:0, 2:0)

 Renato DallʼAra

Gollar: 1:0 – 17 Fornals, 2:0 – 35 Oyarsabal, 3:0 – 39 Fabian Ruis, 4:0 – 71 Sebalos, 5:0 – 90 Mayoral.

Ispaniya U-21 – Sivera, Xorxe Mere, Agirregabiria, Nunes, Aaron Martin, Mark Roka, Fabian Ruis (Merino, 75), Sebalos (Valexo, 88), Olmo, Oyarsabal (Mayoral, 59), Fornals.

Polsha U-21 – Grabara, Veteska, Pestka, Gumny, Belik, Dzichek, Filya (Petrovski, 46), Shimanski, Mixalyak, Jurkovski (Plaxeta, 71), Buksa (Shviderski, 55).

Ogohlantirishlar: Veteska (65), Belik (70), Mark Roka (78), Petrovski (83), Pestka (90).


Belgiya U-21 – Italiya U-21 1:3 (0:1, 1:2)

Chitta-del-Trikolore

Gollar: 0:1 – 44 Barella, 0:2 – 53 Kutrone, 1:2 – 79 Versxaren, 1:3 – 89 Keza.

Belgiya U-21 – de Volf, Byushiri, Kols, Kobbaut, Bornauv, Omeonga (Versxaren, 59), Salemakers (Mbenza, 74), Basten (Mangalya, 59), Xeynen, Lukebakio, Sxreyvers.

Italiya U-21 – Meret, Peccella, Bastoni, Manchini, Kalabrezi, Mandragora, Pellegrini (Bonaccoli, 79), Barella (Dimarko, 90), Lokatelli (Tonali, 72), Keza, Kutrone.

Ogohlantirishlar: Salemakers (45), Kols (56), Byushiri (57), Mangalya (61), Lokatelli (65), Versxaren (71), Mbenza (76), Keza (90), Peccella (90), Manchini (90).

Chetlatish: Mbenza (90).


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia