

1/8 finalda O'zbekiston terma jamoasi C guruhida ikkinchi o'rinni egallaydigan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Toshkent vaqti bilan 30 maydan 31 mayga o'tar kechasi tungi soat 02:00da boshlanadigan mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliev diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Sababi Rahmonaliev 2-turda Yangi Zelandiya bilan bahsning 10-daqiqasida va 3-turda Gvatemala bilan bahsning 39-daqiqasida sariq kartochka oldi. Ikkita sariq kartochka olgan futbolchi keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.




