U-20 Arab Kubogi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi

Xayrulla Xoliqov
28 iyun 2021, 06:58
Misrda bo'lib o'tayotgan U-20 Arab Kubogi musobaqasida qatnashgan vakillarimiz o'z ishtirokini tugatdi.

Guruhdagi har uchala o'yinda mag'lub bo'lgan futbolchilarimiz 0 ochko bilan oxirgi o'rinni band etishdi. Aytish mumkinki, ushbu musobaqada O'zbekiston U-18 terma jamoasi ishtirok etib, o'zidan ikki yosh kattalarga qarshi to'p tepdi. 

O'zbekiston U-18 jamoasi dastlabki ikki turda Saudiya Arabistoni va Tunisga imkoniyatni boy bergandi. Kecha bo'lib o'tgan uchinchi bahsda yosh futbolchilarimiz Yamanga qarshi 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. 

Eslatib o'tamiz, U-20 Arab Kubogi guruh o'yinlarida 16ta jamoa ishtirok etdi:

"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir. 

"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti. 

"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komor orollari. 

"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston. 

Barcha guruhlarda uchrashuvlar o'z yakuniga etdi va keyingi bosqichga yo'l olgan jamoalar ma'lum bo'ldi. 

1/4 final juftliklari:

29 iyun. Misr - Tojikiston

29 iyun. Marokash - Jazoir

30 iyun. Senegal - Saudiya Arabistoni

30 iyun. Tunis - Komor orollari

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia