U-19 Osiyo chempionati A saralash guruhi. Bugun guruhdoshlarimiz bahslarni boshlashadi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 10:50
Bugun Qatarda U-19 Osiyo chempionati-2014 A saralash guruhi ishtirokchilari bahslarga kirishadilar.
Bu guruhda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Bugun guruhdagi qolgan to'rtta raqiblarimiz 1-turni o'tkazishadi.

Aleksey Evstafeev shogirdlari bugun dam olishadi.

Bugun bo'lib o'tadigan o'yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan keltirilmoqda:

4 oktyabr (juma)
Nepal - Turkmaniston 18:30
Hindiston - Qatar 21:00


O'zbekiston yoshlari saralashdagi dastlabki o'yinni 6 oktyabr kuni Turkmaniston yoshlariga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia