

Ilk turda Bruneyni 14:0 hisobida taslim qilgan Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. O'yin soat 18:00da "Jar" stadionida boshlanadi. Barcha futbol muxlislarini stadionga chorlaymiz!
U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi
"J" guruhi
5 oktyabr
Bruney – O'zbekiston 0:14
7 oktyabr
O'zbekiston – Janubiy Koreya ("Jar" stadioni. 18.00)
9 oktyabr
Janubiy Koreya – Bruney ("Paxtakor" stadioni. 16.00)
Ma'lumot uchun, guruhlarda 1-o'rinni egallagan barcha jamoalar, shuningdek, 2-o'rinni olgan eng yaxshi 6 ta terma keyingi yil bo'lib o'tadigan musobaqa final bosqichiga yo'l oladilar.



