U-17 Jahon chempionati. Panamani oldin ham yutganmiz

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025
Ertaga O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Panama bilan to'qnash keladi.

Mazkur yurt o'smirlari bilan U-17 Jahon chempionatida ikkinchi marotaba uchrashamiz. Ilk bor 2013 yil BAA mezbonlik qilgan kichik mundialda guruh bosqichida ro'baro' kelgan edik. O'shanda Shoxjahon Abbosov va Rustam Ashurmatovning gollari 2:0 hisobida g'alaba keltirgan. Keyingi o'yinlarda Marokash bilan durang o'ynagan, Xorvatiyani enggan terma jamoamiz keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 

U-17 Jahon chempionati-2013

18.10.2013. "Fujayra" stadioni. 4296 tomoshabin

Panama - O'zbekiston 0:2

Gollar: Shoxjahon Abbosov 68, Rustamjon Ashurmatov 76

Panama: Jaime De Grasiya, Kristofer Bared, Kevin Galvan, Chin Xormeka, Jesus Araya, Eliser Domingez, Ismael Diaz, Luis Kanate, Verner Vald, Ervin Zorilla, Mikades Molina.

Zaxira: Roberto Kueto, Xermer Ortega, Jomar Diaz, Feliks General, Luis Zuniga, Stiben Santos, Luis Alain, Vidal Gonzalez, Moises Gil, Luis Perreyra.

O'zbekiston: Sarvar Karimov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Odiljon Hamrobekov, Jamshid Boltaboev, Ibrohim Abdullaev, Akobir To'raev, Izzatilla Abdullaev, Ravshanbek Xursanov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov.

Zaxira: Shoxruhjon Eshbo'taev, Shoxruhjon Raimov, Abdulaziz Jo'raboev, Humoyun A'zamov, Abbos Nematillaev, Javohir Sidiqov, Sanjar Qodirqulov, Islombek Karimov, Oybek Erkinov, Shohjaxon Abbosov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Panama bellashuvi ertaga 18:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia