U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati. Chorak finalda kim bilan o'ynaymiz?

Narzulla Saydullayev
11 sen 2014, 16:16
Bugun o'smirlarimiz guruhning so'nggi turida Quvaytni 4:2 hisobida mag'lub etib chorak finalga yo'llanma olishdi.
Endi Aleksandr Mochinov shogirdlari 14 sentyabr kuni "D" guruhida ikkinchi o'rinni olgan jamoaga qarshi o'ynaydi.

"D" kvartetida uchinchi tur o'yinlari bugun soat 18:00da boshlanadi. U guruhdagi holat quyidagicha:


Dguruhi

JamoaO'YUDMTNO
Eron22005-36
Suriya20201-12
Saudiya Arabistoni20111-21
Qatar20113-41

1-tur. 7-sentyabr
Eron – Qatar 3:2
Suriya – Saudiya Arabistoni 0:0

2-tur. 9-sentyabr
Qatar – Suriya 1:1
Saudiya Arabistoni – Eron 1:2

3-tur. 11 sentyabr
18:00 - Eron – Suriya
18:00 - Saudiya Arabistoni - Qatar


Eron muddatdan oldin birinchi o'rinni qo'lga kiritib bo'ldi. Ikkinchi o'rin uchun qolgan uchta jamoa da'vogarlik qilmoqda. Aynan mana shu jamoalardan biri bilan chorak finalda Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boramiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia