Tyonnis: "Biz "Shalke"ning natijalarini ko'rib chiqamiz va kerakli qarorga kelamiz"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2014, 18:43
"Shalke-04" rahbariyati jamoaning Germaniya chempionatidagi ishlaridan ko'ngli to'lmayapti.

Bu haqida klub nazorat kengashi vakili Klemens Tyonnis ma'lum qildi. Shu sababli 7 otkyabr  kuni "Shalke"da mana shu savollar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tadi.

"Biz vaziyatni ko'rib chiqamiz va jamoaning bunday natijalari sababini ko'zdan kechiramiz. Keyin esa kerakli qaror chiqaramiz" - deydi Tyonnis.

Eslatib o'tamiz, etti turdan so'ng "Shalke" sakkiz ochko to'plab, turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com