Tyago Alkantara: "Har kuni men uchun final edi va o'zimga qarshi o'zim kurashdim"

Aslanov Jasurbek
6 apr 2015, 11:10
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z tuyg'ularini bilan bo'lishdi.

"Murabbiylar, klub a'zolari va butun jamoa meni qo'llab turdi. Barchadan minnatdorman. Futbol faqatgina o'yin emas, bu hayot. Oyoqqa turish damlarining har bir kuni men uchun final edi va o'zimga qarshi o'zim kurashardim. Qiyin bo'ldi, ammo endi hech narsadan qo'rqmasam ham bo'ladi. Futbolda rohatlanish kerak" - deydi Alkantara.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com