Twitter Vitaliy Denisovning akkaunti haqiqiyligini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2014, 17:09
Twitter mikrobloglar servisi O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovning tvitteri haqiqiyligini tasdiqladi.
Bugun o'zbekistonlik futbolchining Twitter akkauntida Haqiqiy akkaunt (Verified account) belgisi paydo bo'lgan.

Qayd etish joiz, hozirda Moskvaning Lokomotiv klubida to'p suryotgan o'zbekistnlik himoyachi, eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan birida Haqiqiy akkauntga ega bo'lgan ilk o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi. Ayni damda, Rossiya Premer-Ligasida to'p surayotgan himoyachilar orasida jamoadoshlariga eng ko'p assistentlik qilgan (6 marta) Denisov ,Twitter mikrobloglar servisida ham o'z faolligi bilan ajralib turadi.

Eslatib o'tamiz, Vitaliy Denisov OAV hodimlari bergan ovozlarga ko'ra O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com