TUZATISH. "CA"da blokka tushdim deb o'ylaganlarga

Narzulla Saydullayev
20 mar 2014, 15:06
Xabaringiz bor, saytimizda ro'yxatdan o'tish yangi tizimga o'tgan. Shu munosabat bilan ko'plab foydalanuvchilarning niklari o'chib qoldi.
Buning uchun Siz saytimiz xizmatidan foydalanish avvalida telefon raqamingiz orqali nikingizni tasdiqlashingiz lozim. Shundagina qaytib fikr qoldira olasiz. Fikr qoldirish bo'limiga kira olmayotganlar, o'zlarini "blok"ka tushdim deb o'ylaganlar ko'p bo'ldi. Bu kelib tushayotgan xatlardan ma'lum.

Yangi tizimga qadar ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, SMS orqali o'z nikingizni tasdiqlab yuboring.

18 martdan e'tiboran saytning xosting markazidagi muammosi ham bartaraf etildi. Agar kimda-kim muammoga duch kelgan bo'lsa, fikr orqali etkazing.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia