

O'tgan mavsum Neymar va Edinson Kavani penaltini talashib qolishgan edi.
"Avvalgi jamoalarimda bu borada hech qanday muammo bo'lmagan, biroq bu yerda boshqacha ekanligini tushundim. Biz bu masalani ijobiy hal qilamiz. Jamoamda gol urishni istaydiganlar ko'pligidan xursandman. Kavani qaytganidan mamnun bo'ldim, u yaqinda qaytgan bo'lsada ideal formada. PSJning barcha yetakchilari maydonga qaytganidan so'ng qaror qabul qilamiz" - deydi Tuxel.
PSJ Fransiya chempionatining birinchi turida "Kann" bilan o'ynadi va 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.


