Tuxel: “PSJ futbolchilari tamom bo'ldi, ular oxirigacha o'ynadi”

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020, 08:53
PSJ ustozi “Leyptsig”ga qarshi bahsdan (1:0) so'ng jurnalistlarning bergan savollaridan norozi bo'ldi.

“Siz bizga g'alaba kerak degan edingiz, endi u bizda bor. Biz katta yurak bilan o'ynadik. O'ta qiyin o'yin kechdi. Shunday qiyin bo'lishini bilardim, ammo PSJ g'alaba qozondi. Agar g'alaba qozonishdan ko'ra, chiroyli o'ynash yaxshiroq deb hisoblasangiz, bu sizning fikringiz, meniki emas. Hozir birdamlik zarur. Boisi jamoa qiyin holatda. Bilaman bundan ko'prog'iga qodirmiz. Ammo hozirgi holatimizga jiddiy qaralsa...Hammasi shu. Bizga g'alaba kerak edi. Endi esa u bizda mavjud. Agar sizda jasurlik bo'lsa, u holda kiyim almashtirish xonasiga boring va yigitlardan so'rang. Ular “o'lik”. Ular oxirigacha o'ynadi”, - deydi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC