Tuxel Neymardan charchadi

Alisher
7 iyun 2019, 13:20
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Neymarning mahoratini qadrlaydi, ammo u bilan bo'ladigan kelishmovchiliklarni bartaraf etishdan charchadi.

Bu holatda zo'rlash bilan bog'liq masala rol o'ynamayapti. PSJ bosh murabbiyi jamoaning tashkillashtirilgan o'yin ko'rsatishini xohlaydi, lekin Neymar tez-tez uning ko'rsatmalariga amal qilmayapti.

Oldinroq, Neymar Qatar bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan va Kopa Amerikani o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan edi.

Neymar 2018/19 yilgi mavsumda PSJ libosida 28ta o'yin o'tkazib, 23ta gol va 13ta assist qayd etdi. transfermarkt.de hujumchini 180 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo