Tuxel MYU bilan durangdan so'ng: "Adolatsiz natija. G'alabaga bir jamoa loyiq edi - biz"

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2022, 07:32
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alabaga bitta jamoa loyiq edi va bu biz edik. Bu juda-juda yaxshi o'yin edi, ammo etarli darajada barqaror bo'la olmadik. O'yinda yutib ketish uchun jarima maydonchasi ichida biroz qatiyat bizga yetishmadi. 

Bazida shunday bo'lib turadi. Bundan saboq chiqarishimiz kerak. Mukofotlanish uchun qatiyatli bo'lish kerak bo'ladi. 1 ochko bilan kifoyalanganimizga ko'nishdan boshqa iloji yo'q, lekin bu adolatsiz natija.

Biz oldinga chiqib olish uchun qattiq harakat qildik. Raqib esa bitta jarima zarbasi ishladi va gol urdi", - dedi "Chelsi" ustozi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport