Tuxel Bundesliga klubini boshqarishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022, 12:24
Germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqarishni istamadi.

Manbaning yozishicha, Germaniya klubi mutaxassisga taklif bilan chiqqan, biroq uni bu variant qiziqtirmagan. "Bayer" 8 turdan keyin amaldagi bosh murabbiy Jerardo Seoane boshchiligida Bundesligada bor-yo'g'i 17-o'rinni egallab turibdi.

49 yoshli Tuxel sentyabr oyida "Chelsi"dan ishdan bo'shatilganidan buyon ishsiz edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com