Tuxel: "Borussiya"ni Royssiz tasavvur qila olmayman"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2015, 15:49
Dortmundning "Borussiya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Marko Roys bilan xayrlashmoqchi emas.

"Marko bilan ko'p suhbatlashaman va unga to'liq ishonaman. Jamoani Royssiz tasavvur qila olmayman. U biz uchun juda muhim, chunki Markoning iqtidoriga muhtojmiz. Roys ko'proq gol urishi uchun unga yordam berishimiz lozim. Tez orada u o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishni boshlashiga ishonaman" - deydi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital