Tuxel - "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 11:17
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelasi mavsum "Bavariya"ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandining hozirgi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes joriy mavsum oxirida klubni tark etadi. Xaynkes iste'foga chiqarilgan Karlo Anchelotti o'rniga tayinlangan edi.

Oldinroq, "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge Tuxel jamoani boshqarishi mumkinligi haqida aytgandi. Nemis OAVning xabar berishicha, "Bavariya" Tuxel haqida ma'lumot olish uchun "Borussiya" bilan bog'langan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild