

"APL - o'zgacha turnir, bu Yevropadagi eng jiddiy chaqiruv. Ammo "Bavariya" tarkib kattaligi evaziga Angliya chempionatida bosh sovrin uchun kurashgan bo'lardi.
"Bavariya" tarkibi va o'yinidan xabarim bor, klubsiz qolgan paytimda har kuni futbol tomosha qildim.
Angliya va Parijda "Bavariya" haqida juda yaxshi fikrlar bildirishadi. Ko'pchilik "Bavariya"ga qarshi o'ynashni yoqtirmaydi. Klubning obro'si va kuchiga shubha yo'q" - deydi "Bavariya" yangi bosh murabbiyi Tuxel.



