"Turon"ni futbolchilar tark etishni boshladi. Klub uch nafar legioner bilan xayrlashdi

Iskandarov Abdulaziz
24 iyun 2023, 12:20
Yaypanning "Turon" jamoasi o'z qarorgohida "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Birinchi davra poyoniga yetish arafasida jamoani uch nafar legioner tark etdi. Bular legionerlar Zakariya Beglarashvili, Anri Chichinadze, Nikola Kumburovich klub bilan do'stona xayrlashgan. Ma'lumot uchun, Beglarashvili 8ta o'yinda ishtirok etdi, raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi. Chichinadze 11ta uchrashuvda maydonga tushdi, 1ta gol urdi. Kumburovichga murabbiylar 10ta bahsda imkoniyat berishdi. 

Jamoani ertangi bahsda Eldor Isaboev, Mirjalol Jo'raev, Azizxon Isomiddinov murabbiylar shtabi maydonga boshlab tushishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia