

Aksincha, "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvini boshqargan Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasining qo'pol xatosi yakunda o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi. Odatga ko'ra turning eng yaxshi hakami aniqlab kelayotgandik. Superliganing 8-turida bu nominaciyaga loyiq hakam topilmadi. Turning eng yomon hakami sifatida esa Ahrol Risullaev va uning brigadasini ko'rsatish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ahrol Risqullaev hamda yon qanot hakami Alisher Usmonov uchrashuvning 86-daqiqasida bo'lgan vaziyatda "qovun" tushirishdi. Bu vaziyatda kim penalti bo'lganiga ishora qildi? Avvaliga Risqullaev "nuqta"ni ko'rsatmadi va orqaga ketmoqchi bo'ldi. Qanot hakami esa o'zidan-o'zi jurima maydonchasi ichiga yugurib kirdi. Xo'p, agar penaltini qanot hakami belgilagan bo'lsa, unda nega bayroqchasini ko'tarmadi? Risqullaev esa qanot hakamining maydonga yugurib kelayotganini ko'rib "nuqta"ni ko'rsatdi. Bu yerda bosh hakam Risqullaev ham, yon qanot hakami Alisher Usmonov ham o'z majburiyatlarini unutib qo'yishdi chog'i. Videoda aniq va tiniq ko'ringan. Penaltini kim belgilagani tushunarsiz. Lekin yakuniy qarorni qabul qilishi kerak bo'lgan Ahrol Risqullaev bu vaziyatda o'yin statusiga mos tushmaganini isbotladi va yakunda o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatgan ko'pol xatoga yo'l qo'ydi.
Aslida esa Anvar G'ofurov o'sha vaziyatda to'pni uzoqlashtirdi va epizod jarima maydonchasi tashqarida sodir bo'ldi.
TAS-IX emas



