Turkmaniston O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan FIFA a'zosi bo'lmagan terma jamoani tor-mor etdi

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2024, 20:06
Markaziy Osiyo jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik o'tkazmoqda.

Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Antaliya (Turkiya)dagi yig'in doirasida Grenlandiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvda Turkmaniston raqib darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritdi (5:0). Markaziy Osiyo jamoasiga g'alaba keltirgan gollarga Elman Tagaev (2), Didar Durdiev, Shanazar Tirkishov va Alibek Abdurahmonov mualliflik qilishdi.

Ma'lumot uchun, Grenlandiya Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) yoki boshqa biror qita konfederatsiyasi a'zosi hisoblanmaydi. Mamlakat shu yilnng mart oyida CONCACAF'ga a'zolik arizasini taqdim etgan.

Eslatib o'tamiz, Turkmaniston JCH-2026 ikkinchi saralash bosqichining “E” guruhida O'zbekiston (6 iyun, Toshkent) va Gonkong (11 iyun, Ashxobod) terma jamoalariga qarshi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Ayni damda Eron va O'zbekiston terma jamoalari 10 ochkodan to'plagan holda “E” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Turkmaniston va Gonkong bittadan ochko jamg'argan holda 3-4-o'rinlarni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia