Turkiyaning Fransiya ustidan qozongan g'alabasi tasodifmi?

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2019, 02:20
Menimcha, yo'q. Ha, Turkiya amaldagi Jahon chempionini mag'lub etdi va bu sensaciya.

Lekin mundialda ish bergan taktika hozir eskirganini Desham hali tushunib etmagan. Aslida Jahon chempionati paytida ham, undan keyin ham Deshamning ishini bir qator ekspertlar tanqid ostiga olishgandi. Shunchaki natija fonida Desham qo'llagan uslub katta savollarga o'rin qoldirmagandi. Lekin endilikda Deshamning Fransiya terma jamoasiga qo'llayotgan uslubi aktual mavzuga aylanadi. 

Turkiya Gunesh kelgach ancha tartibga keldi. O'yin muvozanati tiklandi. Bugungi natijalar bejiz emas. Shuningdek, Fransiya kuchsizlangani va JCHda paytida natija yo'lida o'sha uslubga ko'nikkan, moslashib katta zaxira bilan o'ynagan futbolchilar endi ham bu narsani davom ettirishga qarshidek, nazarimda. 

Fransiyalik futbolchi Ben-Arfaning Rossiyadagi mundialdan keyingi jahon chempionlarining o'yiniga bag'ishlab "France Football" nashriga yozgan maqolasini keltiraman. 

Bu nimadan dalolat? To'g'ri, himoyaviy uslub yoki taktika ma'lum vaqt davom etadigan musobaqalarda qo'l kelishi mumkin, qachonki futbolchilar bunga moslashib, murabbiy ko'rsatmasiga to'liq amal qilishsa. Fransiya o'shanda Jahon kubogi yo'lida bu narsaga ko'z yumgandi. Lekin bu vaqtinchalik holat. Yani, Dide qo'llagan uslub kelajak uchun hech nima bermaydi. To'g'ri, o'chmas tarixni yaratdi. Barakalla. Ammo kelajakda bu uslubdan naf chiqishi qiyin. Ayniqsa hozirgi Fransiyadagi futbolchilar tanlovidan kelib chiqsak, terma jamoaga boshqa falsafaga ega murabbiy zarur. Futbol o'ynashni xush ko'ruvchi iqtidor egalari bu uslubdan charchashgan. Voqealar rivojini esa kuzatamiz.

P.S. Shahboz Beg'amovning telegram'dagi kanalidan olindi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia