Turkiyada murabbiylardan biri o'yinni qurilish kranida tomosha qildi
Aziz Tukhtamuradov
16 may 2015, 19:00
Turkiya uchinchi divizionining "Chorum Belediespor" jamoasi murabbiyi o'z stadionida bo'lib o'tgan o'yinni qurilish kranida tomosha qildi.
Gap shundaki, murabbiy hakamlar bilan ko'p bahslashgani sababli 285 kunga diskvalifikaciya qilingan. Unga stadionga tashrif buyurish taqiqlangan. Shu sababli u o'z shogirdlari o'yinlarini arenadan tashqarida turib kuzatadi.