Turkiya Superligasi. Dzyuba debyutidayoq gol urdi

Eldor Akmurzayev
23 avg 2022
Turkiya chempionati 3-turida “Adana Demirspor” 2:4 hisobida “Fenerbahche”ga yutqazdi.

Asosiy tarkibda maydonga chiqib, yangi jamoasida debyut qilgan Artyom Dzyuba 66-daqiqada istanbulliklar darvozasini ishg'ol etishga erishdi. “Adana Demirspor” tarkibidagi ilk golni esa Yunus Belxanda penaltidan urdi.

Vinchenco Montella shogirdlari ayni vaqt turnir jadvalida 6 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. “Fenerbahche” esa 7 ochko to'plagan holda peshqadamga aylandi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia