
Shtab-kvartirasi Istambul shahrida joylashgan Turkiya futbol federatsiyasi noma'lum shaxslar tomonidan o'qqa tutildi. Ushbu hodisa federatsiya rahbariyati yig'ilish o'tkazayotgan payt sodir bo'lgan.
Majlis bo'layotgan binoga beshta o'q kirgan. O'qlardan biri Turkiya federatsiyasi direktorlar kengashi a'zosi, sobiq yarim himoyachi Hamid Oltinto'pning boshining yonginasidan o'tib ketgan. Hozirda katta masshtabdagi surishtiruv ishlari boshlangan.
"O'q ovozlarini eshitishimiz bilan darxol erga yotdik. Hamkasblarim meni yaralandi deb o'ylashdi. Aybdorlar tezda qo'lga olinadi deb umid qilaman", -deydi Hamid Oltinto'p.