Turkiya futbol federatsiyasi Aliqulov jamoasini oxirgi marta ogohlantirdi

Оқил Абдубарноев
5 mar 2024, 21:25
Turkiya futbol federatsiyasi "Rizespor"ni oxirgi marta ogohlantirdi.

TFF mutasaddilari: "Stadion butunlay yaroqsiz. Mashg'ulot o'tkazish yoki o'yin o'tkazish imkoni yo'q. Agar stadion tezroq avvalgi holatiga qaytarilmasa, 18 mart kuni yopiladi", - deya ogohlantirgan.

Avvalroq klub mutasaddilari stadionni ta'mirlashga imkoniyati yo'qligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, jamoa safida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sporx.com