Turanning agenti: "Arda yanvarda "Barselona"ni tark etadi"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017, 14:43
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turanning agenti Ahmad Bulutning ma'lum qilishicha, uning mijozi qishki transfer oynasida Kataloniya klubini tark etadi.

"Hozir u aynan qaysi klubga ketishi aniq emas, ammo u yanvarda "Barselona"ni tark etadi. Biz Ispaniya, Italiya va Angliyaning uch-to'rt klubi bilan muzokara o'tkazyapmiz.

15 kun ichida yakuniy qarorni qabul qilamiz. Ikkita variant bor - to'liq transfer yoki ijara" - deydi agent.

30 yoshli Turan joriy mavsum LaLiganing birorta uchrashuvida ishtirok etmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal