Turan turk gazetasi jurnalisti bilan janjallashib qoldi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 16:41
"Barselona" yarim himoyachisi Ardu Turan bilan noxush voqea yuz berdi.

Futbolchi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaga uchayotgan edi. Ular Italiyadan Sloveniyaga o'tib Kosovoga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida ishtirok etishi kerak bo'lgan.

Turan Milliyet gazetasi jurnalisti bilan janjallashib qoldi. Futbolchi jurnalistni haqorat qildi va uning bo'ynidan ushlab oldi. Natijada Turanning bazi jamoadoshlari voqeaga aralishga majbur bo'ldi.

Turkiya hamda Kosovo terma jamoalari o'rtasidagi bahs 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Hürriyet