Tur muxlislari - Namanganda

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018, 08:17
Superliganing 7-turida eng ajoyib muhit "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvida hukmronlik qildi.

"Bunyodkor" bilan o'yinda Namangandagi stadionga 21600 muxlis keldi va futbolchilarni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Shu kuni stadionga kelgan barcha muxlislarga Prezident sovg'asi bo'lgan futbolkalar taqdim etildi.

E'tiborlisi "Navbahor" muxlislari birinchi bo'lib Superligada uchta turda eng yaxshi bo'lishdi. 3 va 5-turda ham saytimiz Namangandagi muxlislarni eng yaxshi deb topgandi. Qolgan hech bir klub uch marta tur muxlisi yo'nalishida g'olib bo'lmadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia