Tur iqtibosi: "Murabbiy sifatida jamoamning bor potencialini yuzaga chiqara olmadim"

2 apr 2018, 09:57
"So'g'diyona" bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalariga kim aybdor ekanini ma'lum qildi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

"Qizilqum"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Mochinov barcha aybni o'z bo'yniga oldi.

"Barcha ayb menda. Odatda bunday pallada murabbiy" iste'fo beradi. Chunki natijalarga murabbiy aybdor. Men jamoani o'yinga yaxshi tayyorlay olmadim. "So'g'diyona"da ayni paytda kichik inqiroz mavjud. Jamoada potencial bor, ammo men buni yuzaga chiqara olmadim. "So'g'diyona"ga yangi murabbiy kelsa jamoaga yangilik olib kirishi mumkin", - dedi Aleksandr Mochinov. 

Aleksandr Mochinov Superliganing 4-turida Jizzaxda "Qizilqum"ga mag'lub bo'lgach ushbu gaplarni aytib o'tgandi. Ammo hozircha iste'fo berishini ma'lum qilgan Mochinovning jamoadan ketgani haqida rasman e'lon qilinmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia