Tur hakami - Ravshan Ermatov

7 may 2018, 13:16
Superliga 10-turining eng yaxshilarini e'lon qilishni boshlaymiz.

Turning eng yaxshi hakami sifatida "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvini boshqarib borgan Ravshan Ermatov topildi.

Taniqli hakam uchrashuvni juda yaxshi boshqardi. Bellashuv davomida nazoratni to'liq o'z qo'lida ushlab turgan tajribali Ermatov bahsli holatlarga yoki qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi.

Shu tariqa Ravshan Ermatov ketma-ket ikkinchi marotaba turning eng yaxshi hakami nomiga munosib ko'rildi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia