Tur hakami - Ravil Shoyaxmetov

Narzulla Saydullayev
9 apr 2018, 21:30
Superliganing 5-turining eng yaxshi hakami deb "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvida ishlagan qanot hakami Ravil Shoyaxmetov topildi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Uchrashuv davomida juda yaxshi ishlagan Ravil Shoyaxmetov bir vaziyatda juda mushkul va bahsli holatda oqilona qaror chiqardi. Bosh hakam Valentin Kovalenko ikkinchi bo'limda "Qo'qon-1912" darvozasiga penalti belgiladi, ammo o'sha vaziyatda qanot hakami Shoyaxmetov penalti bo'lmaganini bosh hakamga bildirdi va penalti bekor qilindi.

Shu tariqa qanot hakami Ravil Shoyaxmetov turning eng yaxshi hakami nomiga munosib ko'rildi. 

Ma'lumot uchun, birinchi taymda Bikmaevning offsayddan urgan golini narigi qanotda ishlagan hakam ko'rmay qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia