Trinkau: "Barselona" ushbu mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchi"

Alisher
8 fev 2021, 15:00
"Barselona" hujumchisi Fransishku Trinkau "Betis" (3:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Futbolchi o'yinda g'alaba golini urdi.

"G'alaba qozona olganimizdan juda ham mamnunman. "Barselona" ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirdi va muhim ochkolarni qo'lga kiritdi. Jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi menga juda ham yordam berdi. Barcha meni gol bilan tabrikladi.

Biz joriy mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchimiz. Maqsadni amalga oshirish uchun barcha kuchni ishga solamiz", - deydi Trinkau.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar yetakchi "Atletiko"dan 7 ochko ortdalar, shu bilan birga madridliklarda 2ta zaxira o'yini mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca