Trent Kloppni maqtadi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Dunyo darajasidagi murabbiy ekanligini isbotlab bo'ldi. Balki u sayyoramizdagi eng zo'r murabbiydir. Klopp "Liverpul" uchun ajoyib ishlamoqda. Tabiiyki muxlislar uni yaxshi ko'rishadi. U biz uchun ideal murabbiy.

Shuningdek, u klubga top-futbolchilarni olib keldi. U kabi murabbiyimiz borligidan xursandmiz. U "Liverpul"da uzoq yillar qolishini istaymiz", - dedi himoyachi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal