

Trent Aleksandr-Arnold jamoa rahbariyatiga shartnomani uzaytirmasligini va uni Real Madridga qo'yib yuborishlarini so'ragan.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli futbolchi Liverpul tarbiyalanuvchi hisoblanadi. Aleksandr-Arnold joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 75 mln evroga baholamoqda.



